Luchano Spaletti: “Mening 80 yoshli onam ham “Inter”ga himoyachi zarurligini biladi”

Milanning “Inter” klubi uchun A seriya 1-davrasining so'nggi to'rt o'yini omadsiz keldi. Ketma-ket ikki durang va ikki mag'lubiyat bosh murabbiy Luchano Spaletti manziliga tanqidlarni ko'paytirdi.

2-davra startini ham “Inter” ochko yo'qotish bilan boshladi. Florenciyada “Fiorentina” mehmoni bo'lgan milanlik futbolchilar qo'shimcha daqiqada gol o'tkazib yuborib, g'alabani qo'ldan boy berdi. 


“Bu hafta biz uchun muammolarga boy bo'ldi. Nagatomo tumovga chalindi, Ranokkiya esa o'zida og'riq his qilayotganiga qaramay, to'p surdi. Jamoa to'pni juda oson yo'qotib, o'ziga-o'zi muammo yaratyapti. Vaholanki, bizda ikkinchi golni urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. “Fiorentina” futbolchilari o'z imkoniyati darajasida o'ynay olmayotgan paytda, biz bundan foydalana olmadik”, - deb aytib o'tdi Spaletti o'yindan keyingi matbuot anjumanida.


“Inter” bosh murabbiyi o'yin sifati borasidagi savoldan keyin chegaradan chiqishga majbur bo'ldi va ovozini balandlatib javob qaytardi:


“Shu kabi savollar jonimga tegdi. Balki o'zingiz echinish xonasiga kirib, o'yinchilar etarli darajada yaxshi o'ynamayotgani haqida aytarsiz-a? Men o'zimni qilyapman, shunga qaramay, muammolarimiz bor. Hammaga ayonki, bizga markaziy himoyachi yetishmayapti. Faqat uyida o'tiradigan 80 yoshli onam ham hatto bu haqda biladi. Biz esa borimizdan foydalanishga majburmiz, bu bazida qo'l ham kelyapti. Kadrlar yetishmovchiligi borasidagi javobim bilan o'zimni oqlash niyatim yo'q”. 


“Inter” navbatdagi turni 21 yanvar kuni Rimning “Roma” klubiga qarshi o'tkazadi. Tomonlarning Rimda kechgan 1-davra o'yinida milanlik futbolchilar 3:1 hisobida zafar quchishga erishgandi. 


Manba: www.championat.com