Lui van Gal Niderlandiya termasi boshqaruvidan ketdi

Niderlandiya terma jamoasi murabbiyi Lui van Gal iste'fosini tasdiqladi.

Yil davomida penaltilar seriyasiga tayyorlanib, Argentinaga penaltilarda imkoniyatni boy bergach “lolar yurti” termasi ustozi Lui van Gal iste'foga chiqqanini ma'lum qildi:

"Men bosh murabbiy sifatida faoliyatimni davom ettirmayman. Men faqat shu Jahon chempionati muddatida bu ishni bajardim. Shuning uchun bu mening so'nggi o'yinim edi.

Men ajoyib vaqt o'tkazdim. Bizni chiqarib yuborishlarini kuzatib turish juda og'riqli. Buning oldini olish uchun qo'limdan kelganini qilgandim.

Bugun tunda o'zimni qoralaydigan hech narsa bo'lmadi. Biz mas'ul bo'lgan, 20 o'yinning birortasida yutqazmadik. Qanchasida g'olib bo'lganimizni bilmayman. Siz buni Google’dan Niderlandiya terma jamoasi va van Gal, deb qidirib bilib olishingiz mumkin. Men bugun mag'lub bo'ldik, deb hisoblamayman", – dedi u.

2021 yilda uchinchi marta Niderlandiya boshqaruvini qo'lga olgan Lui van Gal Jahon chempionati saralashi, Millatlar Ligasi va xalqaro o'rtoqlik o'yinlarida 14 o'yinda g'alaba qozondi va 6 ta o'yinda durang qayd etildi.


Manba: Goal.com