Manba: Nkunku kutilganidan tezroq safga qaytadi

Sherzod Nurmatov
9 nov 2023
Franciyalik futbolchi hali "Chelsi"da o'ynamadi.

Kristofer Nkunku navbatdagi xalqaro tanaffusdan so'ng birinchi o'yinda maydonga tushishi mumkin, deya xabar berdi jurnalist Ben Jeykobs. 

Gap 25 noyabrga belgilangan "Nyukasl"ga qarshi o'yin haqida ketmoqda.

Kristofer Nkunku allaqachon sport zalida ishlamoqda. Uning og'ir jarohatdan tiklanishi rejalashtirilganidan tezroq ketmoqda.

Eslatib o'tamiz, Nkunku o'tgan yozda "Leypcig"dan "Chelsi"ga o'tgan edi. Franciyalik futbolchi "ko'klar" hujumining yangi etakchisi sifatida ko'rildi. Biroq Kristofer Nkunku mavsumoldi yig'inda jarohat oldi va hali "Chelsi"da debyut qilganicha yo'q.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: twitter.com/JacobsBen

Izohlar

Emiliano Sala Nant
9 nov 2023
Tezroq safga qaytsa oʻzi yetaklaydi jamoani darajasi bor Nkunku ni