"Manchester Siti" ehtimoliy yangi o'yinchi bilan muzokaralarni boshladi

Alisher Ostonov
29 may 2025
"Manchester Siti" Rayan Sherki bo'yicha muzokaralarni boshladi.

Ingliz klubi "Lion" yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olishni "o'nlik" poziciyasini kuchaytirish imkoniyati sifatida ko'rmoqda. "Shaharliklar"ga "Nottingem Forest"dan Morgan Gibbs-Uayt ham qiziq.

Fransiyalik futbolchi unga "Manchester Siti" qiziqish bildirayotganidan xabardor. Avvalroq, Sherki uchun 24-30 mln evro miqdorida badal puli to'lab, uni xarid qilish mumkinligi xabar qilingandi.

Rayan Liga 1ning o'tgan mavsumida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.



Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano