"Manchester Yunayted" hamon "Sporting" sardori bilan shartnoma imzolash niyatida

Sherzod Nurmatov
15 avg 2025
"Manchester Yunayted" rahbarlari hanuzgacha daniyalik yarim himoyachi va Lissabonning "Sporting" sardori Morten Yulmandga qiziqmoqda.

"Sky Sports" ma'lumotlariga qaraganda, "qizil iblislar" hali Lissabon klubiga rasmiy taklif bilan chiqmagan, biroq "Yunayted" skautlari skandinaviyalik yarim himoyachini anchadan beri kuzatib bormoqda.

Manchester jamoasidan tashqari Turinning "Yuventus" klubi ham Yulmandni o'z tarkibida ko'rmoqchi. Qayd etish joiz, daniyalikning transferi mutaxassislar tomonidan 26 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, Morten o'tgan mavsum "Sporting" tarkibida Portugaliya chempionatida 28 o'yinda maydonga tushib, 2 ta to'p kiritdi va 2 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports