"Manchester Yunayted" "Sporting" futbolchisini xarid qilishga tayyor

Alisher
11 may 2022
"Manchester Yunayted" "Sporting" himoyachisi Gonsalu Inasiuni xarid qilishga tayyor.

Angliya klubi o'yinchini 45 million evro evaziga sotib olish huquqini faollashtirishga tayyor.

Shu bilan birga, "Man Yunayted" hali Portugaliya klubiga 20 yoshli portugaliyalikning xaridi bo'yicha rasmiy taklif bermadi.

Qayd etish kerakki, "Sporting" himoyachini sotishni xohlamayapti, jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorim uning kelasi mavsumda ham jamoada qolishini xohlaydi.

Inasiu joriy mavsum "Sporting" tarkibida 42ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: A Bola