Moskvada Konfederaciyalar Kubogi hamda jahon chempionati sovrinlari namoyish etildi

Aslanov Jasurbek
13 apr 2017
Bugun Moskvada "Alfa-Bank" tomonidan Konfederaciyalar Kubogi-2017 hamda 2018 yilda bo'lib o'tadigan jahon chempionati sovrinlari namoyish etildi.

Mashhur teleboshlovchi Viktor Gusevning fikricha, Rossiya ikkala turnirni muvaffaqiyatli o'tkazadi.

"2010 yilda 2018 yilga jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qo'lga kiritdik. Unga Konfederaciyalar Kubogi ham qo'shiladi. Zabivaka bugun biz bilan, turnirning asosiy sovrinlari ham olib kelindi. Jahon chempionati bir kun kelib Rossiyada bo'lishini orzu qilgan edik, omadimiz keldi.

G'alaba qozona olamizmi? Taxmin qilmayman, hammasi tayyorgarlikka bog'liq. Aytishlaricha, yaxshi natija bilan guruhdan chiqar ekanmiz. Ammo uni ajoyib o'tkazishimizga ishonchim komil. Biz o'zimizni Sochida ko'rsatib qo'ydik, jahon chempionati va Konfederaciyalar Kubogida bor kuchimizni sarflaymiz" - deydi Gusev.

Konfederaciyalar Kubogi sovrini



Jahon chempionati sovrini



Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova: championat.com

Izohlar

Тохир Хазратқулов
13 apr 2017
КАЧОНДИР БИЗ ХАМ КУТАРАМИЗ ЖЧ БОШ СОВРИНИНИ , УЗБЕКИСТОН КЕЛАЖАГИ БУЮК ДАВЛАТ!
Toni Kroos
13 apr 2017
Германияга Омад !
Umidjon
13 apr 2017
JCH 2018 GA CHIQSAK ALBATTA ENG KO'P MUHLIS O'ZBEKISTONDAN BO'LADI ( rossiyadan keyingi o'rinda)