Cuperliga. "Neftchi" Farg'onada "Surxon"ni mag'lub etib, chempionlik uchun kurashni davom ettiradigan bo'ldi

Alisher Ostonov
2 noya 2025
Birozdan so'ng Superliga 27-tur doirasidagi "Neftchi" - "Surxon" o'yini bo'lib o'tdi

Superliga 27-tur

"Neftchi" - "Surxon" 2:1 (TUGADI)

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Maksim Nexochin, Islom Nosirov

Zaxira hakami: Botirjon Otaboev

Nazoratchi: Zokir Qodirov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Ziyodullo Abdurahmonov

Komissar: Abdulbosit Valixonov

Gol: Zoran Marushich (Abror Ismoilov) 21, 1:0, Zoran Marushich (Jamshid Iskanderov, 58), Behruz Karimov 71, 2:1

"Neftchi": 1. Botirali Ergashev, 4. Boyan Ciger, 5. Ikromjon Alibaev, 7. Abrorbek Ismoilov (77. Bilolxon Toshmirzaev,82) 8. Vladimir Yovovich (22. Alisher Odilov,62), 10. Jamshid Iskanderov, 20. Anvarjon G'ofurov, 21. Muxsinjon Ubaydullaev, 23. Yovan Jokich, 32. Zoran Marushich ( 70. Silvanus Nimeli, 78), 34. Farruh Sayfiev

Zaxira: 45. Akbar To'raev, 6. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 11. Quvondiq Ro'ziev,  24. G'ulom Haydar Gulyamov, 33. Shoxruhbek Yoqubjonov, 47. Muhammadjon Toirjonov,

"Surxon": 1. Dilshod Yo'ldoshev, 2. Behruz Karimov, 4. Nodirxon Nematxonov, 5. Jamaliddin Hojaniyazov, 6. Behzod Shamsiev, 10. Rustam Turdimurodov, 18. Nodir Abduxoliqov, 19. Muhammad Ali Abdurahmonov, 22. Javohir Jo'raev ( 14. Sarvar Abduhamidov,84), 27. Asilbek Jumaev (77. Asadbek Karimov,61), 99. Sunnatilla Poyonov (26. Behruz Shukurullaev, 84)

Zaxira: 86. Davron Merganov, 7. Dostonbek Tursunov, 15. Diyor Ramazonov, 20. Sardorbek Mahmudov, 23. Kamronbek Yusupov, 24. Sherzod Komilov, 


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa tushdi.

84. O'ZGARISH. "Surxon", Sunnatilla Poyonov o'rniga Behruz Shukurullaev, Javohir Jo'raev o'rniga Sarvar Abduhamidov tushdi.

82. O'ZGARISH. "Neftchi", Abror Ismoilov o'rniga Bilolxon Toshmirzaev

79. O'ZGARISH. "Neftchi", Zoran Marushich o'rniga Silvanus Nimeli tushdi.

71. GOL. "Surxon" hisobdagi farqni qisqartirdi. Behruz Karimov gol muallifiga aylandi.

65. "Surxon"dan xavfli hujum. Jarima maydonchasi ichida Rustam Turdimurodov zarba yo'lladi. Xavfli ammo noaniq.

62. O'ZGARISH. "Neftchi"da Vladimir Yovovich o'rniga Alisher Odilov, "Surxon"da esa Asilbek Jumaev o'rnini Asadbek Karimovga bo'shatib berdi.

58. GOL. Bir-biriga o'xshash gollar urildi. Bu safar Jamshid Iskanderovdan assist. Marushich esa o'z imkoniyatdan unumli foydalandi.

48. Zoran Marushich birga bir vaziyatda gol ura olmadi. "Surxon" darvozaboni bu vaziyatda xavfni bartaraf etdi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib  berildi. 

38. "Surxon" ham hujum uyushtirib ko'rdi. Abdixoliqovning zarbasi noaniq chiqdi.

33. Ustunlik maydon egalarida. 

26. "Neftchi" futbolchisi hisobni ochgan edi lekin o'yindan tashqari holat bor ekan.

21. GOL. Iskanderov boshlagan hujumni Abror Ismoilov davom ettirdi va to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi. Zoran Marushich bu hujumga ajoyib nuqta qo'ydi.

14. Yovochining zarbasini mehmonlar posboni Dilshod Yo'ldoshev ushlab oldi.

10. Iskanderovdan chiroyli uzatma, Yovovich yakuniy nuqtaga yetib kela olmadi. 

3. "Neftchi" hujum uyushtirdi, Jokichning zarbasi noaniq ketdi. 

- O'yin boshlandi. 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa tayyor!


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia