Norchaev "Neftchi"da yurishni boshladi

Iskandarov Abdulaziz
7 fev 2024
"Neftchi" Antaliyadagi yig'inning ikkinchi bosqichning navbatdagi uchrashuvini Qozog'istonning "Jetisu" klubi bilan o'tkazdi.

Bellashuvda raqiblar favqulodda to'p kiritib, hisobni ochgan bo'lsalar ham "Neftchi" futbolchilari uyushqoqlik va shiddatni kamaytirmadilar. Birinchi bo'lim tugagach, murabbiylar shtabi hujumkorlikni kuchaytirish maqsadida bir qator o'yinchilarni maydonga tushirdi. Shundan so'ng o'yin jonlandi. Bunda "Neftchi"ga Rossiyadan kelib qo'shilgan Xusayn Norchaevning hissasi katta bo'ldi. Uning 51 va 58-daqiqalarda boshi bilan kiritgan chiroyli gollari o'yin taqdirini hal qildi desak ham bo'ladi. Bahs oxirida raqib jamoa himoyachisining qo'pol xatosi tufayli hisob 3:1 ko'rinishiga keldi va shu hisob o'yin oxirigacha o'zgarmadi.

Nazorat uchrashuvi

"Neftchi" - "Jetisu" 3:1

Gollar: Husayn Norchaev 51, 58, avtogol

"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 26.Boyan Ciger, 20.Anvar G'ofurov, 21.Muxsin Ubaydullaev, 70.Abbos G'ulomov, 19.Mirzohid G'ofurov, 24.Keterin Karp, 11.Javohir Qahramonov, 7.Jasur Jaloliddinov, 10.Shohruz Norxonov, 40.Xusayn Norchaev 

Ikkinchi bo'limda tushganlar: Bilolxon Toshmirzaev, G'ulomhaydar Gulamov, Sanjar Qodirqulov, Xurshid Muxtorov, Jaloliddin Jumaboev


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати