Obi Mikel: "Xiddink hozircha "Chelsi"ni biroz o'zgartirdi, u mo'jiza amalga oshira olmaydi"

Aslanov Jasurbek
30 dek 2015
"Chelsi" yarim himoyachisi Jon Obi Mikel Gus Xiddink haqida fikr bildirdi.

"Joze Mourinyo - fantastik murabbiy, ammo futbol juda beshafqat, shu sababli u klubni tark etishiga to'g'ri keldi. U "Chelsi"ga ikkinchi marta keldi, ikki sovrinni qo'lga kiritdi, ammo bizni tark etdi. Jamoa olg'a intilishi kerak. Bu to'g'rimi? Buni faqat vaqt o'tishi bilan bilib olishimiz mumkin.

Faqat bir narsa deyishim mumkin: klubda atmosfera yaxshilandi. Gus Xiddink jamoada kichik o'zgarishlar qildi, ammo u mo'jiza amalga oshira olmaydi. Biz avvalgidek turnir jadvalining pastki qismidamiz, lekin ketma-ket uchinchi o'yinda mag'lub bo'lmayapmiz. Gus klubni yaxshi biladi" - deydi Mikel.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC Sport