OCHL-2017. Zuhurov "Bunyodkor"ni guruh bosqichiga olib chiqdi!

Narzulla Saydullayev
7 fev 2017
OCHL-2017 saralashi doirasidagi "Al Jayish" - "Bunyodkor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

YANGILASH


O'yinda ikkala jamoa a'zolari ham juda ehtiyotkor tarzda harakat qilishdi. 17-daqiqada Shahzodbek Nurmatovning goli o'yindan tashqari holat tufayli hisobga olinmadi.Birinchi bo'limda ham, ikkinchi bo'limda ham jamoalar gol ura olishmadi. G'olibni aniqlash uchun qo'shimcha taymlarga murojaat qilindi. Qo'shmicha 30 daqiqada ham gol urilmadi.

G'olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Futbol lotoreyasida "Al Jayish"dan Romarino darvoza ustunini poyladi, Sardor Rashidov va Majid Siddiqning zarbasini esa Zuhurov qaytardi. "Bunyodkor"ning barcha uch futbolchisi ham gol urdi va "qaldirg'ochlar" guruh bosqichiga yo'l olishdi.


OCHL-2017 saralash bosqichi uchrashuvi
“Al Jayish” (Qatar) – “Bunyodkor” (O'zbekiston) 0:0 (penaltilar seriyasi 1:3)

7 fevral 2017. Doxa. “Abdulloh bin Xalifa” stadioni. 20:15 (Toshkent vaqti)
Hakamlar: Adham Makhadmeh, Ahmad Al Roalle, Issa Mahmud Al Amavi, Murad Ahmad Al Zavahreh (barchasii Iordaniya)
Uchrashuv komissari: Mindu Dorji (Butan)

Penaltilar seriyasi: Romarino (ustun) 0:0, Dostonbek Hamdamov 0:1, Sardor Rashidov (darvozabon) 0:1, Rustam Ashurmatov 0:2, Metnani 1:2, Eldor Shomurodov 1:3, Majid Siddiq (darvozabon) 1:3.

"Al Jayish": 16.Ababakar, 4.Mendes (67.Jasim Al Hoshimi, 90+4), 6.Isa, 8.Mufta, 10.Sardor Rashidov, 14.Metnani, 15.Traore (5.Muhammad Al Jabri, 46), 18.Abdulrab, 23.Siddiq, 24.Seydu Keyta, 31.Romarino.

Zaxira: 22.Saud Muborak, 2.Murod Naji, 13.Saloh Al Yahri, 27.Ahmad Moein, 33.Sayaf Muhsin,

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 7.Dushan Michich, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Shahzodbek Nurmatov (97.Javohir Esonqulov, 65), 10.Eldor Shomurodov, 17.Dostonbek Hamdamov, 19.Nurillo To'xtasinov (16.Alisher Sanoev, 79), 21.Dilshod Ahmadaliev, 29.Otabek Shukurov.

Zaxira: 45.Dilshod Hamroev, 3.Islomjon Qobilov, 11.Vadim Chemirtan, 22.Shoxrux Gadoev, 30.Xurshid G'iyosov, .



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia