

Endilikda taniqli sharxlovchi, o'zbek jurnalistikasida o'z o'rniga ega, xususan sport jurnalistikasida nom qozongan Davron Fayziev O'FA matbuot va media departamentiga rahbarlik qiladi.
“O'zbek futbolini rivojlantirish yo'lida O'FAning har bir departamentida o'z ishining professionallari faoliyat olib borishi talab etiladi. Shu boisdan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining OAV va muxlislar bilan o'zaro aloqalarini yangi bosqichga olib chiqilishi, turli yoshdagi terma jamoalarimizning faoliyati to'liq xamda keng yoritilishini taminlashda ushbu sohaning etuk mutaxassislaridan biri sanaluvchi Davron Fayzievga ishonch bildiramiz”, - deya ta'kidladi Ravshan Ermatov.




