Osiyo Kubogi-2019. Feliks Sanches Qatarning muvaffaqiyatidan xursand

Xayrulla Xoliqov
19 dek 2018
Osiyo Kubogiga Qatar terma jamoasi ham jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

Bku jamoa guruh o'yinlarini Saudiya Arabistoni, Livan va KXDRga qarshi o'tkazadi. Qatarliklar shu oyning o'zida to'rtta o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi: 23 dekabr Iordaniya, 25 dekabr Qirg'iziston, 27 dekabr Jazoir va 31 dekabr kuni Eronga qarshi.

Jamoa bosh murabbiyi Feliks Sanches bo'lajak uchrashuvlar oldidan o'z fikrini bildirdi:

"To'rtta o'yin biz uchun foydali bo'ladi. Biz shu bahslar orqali jamoa holatini yana bir bor tekshirib olamiz. O'yinlar yakuniga yetish arafasida BAAga boradigan tarkibni aniqlab olamiz. Yakuniy ro'yxat 26 dekabrda e'lon qilinadi. Umuman olganda men jamoam erishayotgan natijalardan xursandman".

Ma'lumot uchun, ispaniyalik murabbiy dekabrdagi yig'inga 27 nafar futbolchini taklif etgan. Qatar terma jamoasi shu paytgacha o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvlarida Xitoy, Falastin, Ekvador va Shveytsariyani mag'lub etdi. Islandiya bilan durang qayd etilgan bo'lsa, O'zbekistonga terma jamoasiga qarshi bahsda mag'lub bo'lishdi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: