Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Sevimli jamoam bilan xayrlashish vaqti keldi. Ushbu uch yil davomida menga yordam bergan, qo'llab-quvvatlagan va men uchun jon kuydirgan barchaga rahmat aytmoqchiman. Jamoa muxlislariga katta rahmat, siz meni yaqiningiz kabi qabul qildingiz va jamoani har doim, hatto mag'lubiyatlar bo'lsa ham qo'llab-quvvatladingiz. Har doim biz bilan bo'lganingiz uchun tashakkur. Hammaga rahmat, yana ko'rishamiz", – dedi Umarov.
Shahboz Umarov "Ordabasi"da 2022 yildan buyon o'ynab kelayotgandi. Jamoa safida umumiy 77 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urgan hamda 7 ta golli pas uzatgan. 2024 yilgi mavsum Qozog'iston Premer-ligasida 21 o'yinda qatnashib, 2 ta to'p kirtdi va 1 ta golga assistentlik qildi.
Izohlar