"Paxtakor" futbolchisi Qozog'iston klubiga ijaraga berilmoqda

Narzulla Saydullayev
17 feb 2025
Toshkentning "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Behruzbek Asqarov legionerga aylanishga yaqin.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, 21 yoshli Asqarov Qozog'istonning "Turon" klubiga ijaraga beriladi.

Behruzbek Asqarov 2023 yilgi U-20 Osiyo kubogi chempioni, 2024 yil Parij Olimpiadasi ishtirokchisi hisoblanadi. O'tgan mavsum "Paxtakor" safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatamani amalga oshirdi.

Turkiston shahrining "Turon" klubi boshlanayotgan mavsumda o'z oldiga katta maqsadlarni qo'ymoqda. Tarkibga bir qator o'zbekistonlik hamda muxlislarimizga yaxshi tanish bo'lgan futbolchilar jalb qilinmoqda. Ro'yxatga etibor qiling:

Odil Abdumajidov
Xurshidbek Muxtorov
Vasiliy Sovpel
Abinur Nurimbet
Luka Zgurskiy
Behruzbek Asqarov

"Turon"ni ayni paytda belaruslik murabbiy Vitaliy Jukovskiy boshqarmoqda.
 



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Jamik Eshnazarov
17 feb
Birorta ham yaxshi tanish bolgan mashhur futbolchi nomini kormadim, bu bolani ham rasmiga qarab tanidim U20 da qaysidir oyinda boshidan jarohat olgandi oshandan esladim
Жамшид Jamshid
17 feb
Аскар Жадигеровга ким булади бу
Болибек Жумоев
17 feb
Омадини берсин
Temur Aliev
17 feb
Sovpel Amdijonda öynaganmidi
Temur Aliev
17 feb
Andijon demoqchidim