Pichoqlangan Yamalning otasiga nima bo'ldi?

Aslanov Jasurbek
17 aug 2024
Bir necha kun oldin Lamin Yamalning otasi Munir Nasrauini pichoqlab ketishgan edi.

Ushbu voqea 14 avgust kuni, Mataro shahridagi avtomobil turar joy hududida sodir bo'lgan.

To'rt jinoyatchining uch nafari garov evaziga ozod qilingan.

Ularning ikki nafari oyda 2 marta sudga ko'rinish berishi va malakatni tark etmasligi kerak. Jinoyatchilarning pasportlari olib qo'yilgan va jabrlanuvchiga 300 metrdan yaqinroq kelish mumkin emas.

Uchinchi shaxs futbolchining otasi bilan muloqot qilishi yoki unga 200 metrdan yaqinroq kelishi taqiqlanadi.

Nasrauiga pichoq urgan jinoyatchida tovon puli bilan ozodlikka chiqish huquqi yo'q.

Unga qotillikka urinish va tanaga og'ir jarohat etkazish ayblari qo'yilgan. Hujum uyushtirgan shaxs 5-10 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Futbolchining otasiga kasalxonadan ruxsat berishi. Uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.


Aslanov JasurbekMaqola muallifi
Muqova:

Izohlar

Umid Uuuu
17 aug 2024
Tiliga erk bergan ma s…a db urgan boldi, odatta bir ikki som korgan odamlada shunaqa holat boladi.
Dilmurod Umarov
17 aug 2024
Tezroq tuzalib ketsin