Po'latxo'ja Xoldorxonov: "Ikki ochko yo'qotdik, g'alaba qozonishimiz kerak edi"

Mirjalol Normatov
9 avg 2025
Superliganing 17-turini yakunlab bergan "Bunyodkor" - "Sho'rtan" uchrashuvi yakunlanganidan keyin mehmonlar futbolchisi Po'latxo'ja Xoldorxonov fikrlarini bildirdi.

- O'yin yaxshi o'tdi. Bahsni yaxshi boshladik. Keyin biroz o'yinni tashlab qo'ydik. Qarshi hujumlarda o'ynashga harakat qildik. "Bunyodkor" ham yaxshi jamoa, buni bilardik. Bu uchrashuvda g'alabaga haqli edik. 

- "Sho'rtan" bir ochko oldimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Ikki ochko yo'qotdik, g'alaba qozonishimiz kerak edi. G'alaba uchun maydonga tushgandik.

- So'nggi o'yinlarda jamoaga omad yetishmayotgandek. Bunga sabab nimada bo'lmoqda?

- Jamoa yangitdan yig'ilgan, 7-8 futbolchi qo'shilgan. Bir-birimizni tushunib boryapmiz. Vaziyatlardan foydalanish kerak. Ko'p vaziyatlarimiz bo'lyapti.

- O'yinning so'nggi qismida jamoada ko'p hujumlar bo'ldi, biroq pala-partishlik kuzatildi.

- Charchoq sabab deb hisoblayman. 

- Bazi vaziyatlarda zarba berish kerak bo'lganida pas berdingiz, pas berish kerak bo'lgan joyda zarba berdingiz.

- Ikkilanib qoldim.  



Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia