

PSJ bu haqida rasman ma'lumot berdi. Turklar argentinalik futbolchi uchun 10 million evro to'lashdi. Shartnoma esa 3 yilga mo'ljallangan.
Ma'lumot uchun, PSJ Ikardini 2020 yilda 50+8 million evro evaziga sotib olgandi.
Ikardi o'tgan mavsumni ham "Galatasaroy"da ijara asosida o'tkazgandi. U chempionat doirasida 24 ta o'yinda 22 ta gol urdi.



