

"Bizda sentyabrdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish uchun bir oy vaqt bo'ldi. Futbolchilarga qisqa tatil e'lon qildik, ular qaytishdi. Eron bilan bahsga tayyorlanish uchun etarli vaqt bo'ldi".
"Hozir bor e'tiborim JCH-2018 saralashi 3-bosqichi o'yinlariga qaratilgan. Doim uchinchi bosqich og'ir o'tadi. Bu bosqichni Eronga qarshi bahs bilan boshlaymiz. Ular 2014 yil Braziliyadagi mundialda ishtirok etib kelishgan. JCH-2022 mezboni sifatida 2018 yilgi mundialga chiqsak ajoyib bo'lardi. Eronni hurmat qilamiz, lekin ulardan qo'rqmaymiz", - deydi urugvaylik murabbiy Qatar futbol Assotsiatsiyasi rasmiy saytiga.
Eslatib o'tamiz, Qatar terma jamoasi 1 sentyabr kuni Tehronda Eron mehmoni bo'ladi. 6 sentyabr kuni o'z maydonida O'zbekiston terma jamoasini qabul qiladi.



