

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi yana bir tajribali futbolchini o'z safiga qo'shib oldi. Jamoa O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq a'zosi, mahoratli himoyachi Egor Krimec bilan shartnoma imzoladi. Ushbu kelishuv 2025 yilning oxirigacha amal qiladi.
Ma'lumot uchun: Egor Krimec o'tgan mavsumni "Surxon" jamoasida o'tkazgan. Futbolchilik faoliyati davomida u "Paxtakor", "Pekin Goan" (Xitoy), "Navbahor" va "Surxon" kabi klublarda o'ynagan. Milliy terma jamoadagi debyut uchrashuvini esa 2013 yilda o'tkazgan.

Eslatib o'tamiz, Krimec ortda qolgan mavsum "Surxon" safida Superliga va O'zbekiston kubogida 8ta o'yinda maydonga tushgan.



