"Real" umidli himoyachi bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
16 sen 2025
Madridning "Real" jamoasi 18 yoshli markaziy himoyachi Xoan Martines bilan yangi shartnoma imzoladi.

Futbolchining shartnomasi endi 2029 yilgacha amal qiladi.

Martines hali "Real"ning asosiy jamoasida debyut o'tkazmadi. O'tgan mavsumda u klubning uchinchi jamoasida o'ynagan bo'lsa, bu mavsumda o'rinbosarlar jamoasiga o'tkazildi.

Bellingem va Kamavinga "Real"ning YCHL uchun qaydnomasiga kiritilgani hamda "Qayrat"ga qarshi o'ynashi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Yahoo Sports