Reshford: "Barselona" ushbu mavsum treblni rasmiylashtirishi mumkin"

Sherzod Nurmatov
19 avg 2025
"Barselona" hujumchisi Markus Reshford jurnalistlar bilan suhbatda Kataloniya jamoasining joriy mavsumdagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

Reshford "Diario Sport" nashriga bergan intervyusida "Barselona"da ushbu mavsum trebl qayd etishi uchun hamma narsa borligini aytdi. Angliyalik futbolchi jamoa o'zi ishtirok etadigan barcha turnirlarda g'alaba qozonishga tayyor ekanini ta'kidladi.

"Mavsum uzoq davom etadi, futbolni oldindan aytib bo'lmaydi. Lekin "Barselona"da hamma narsaga qodir kuchli mentalitet bor", – dedi Reshford.

Eslatib o'tamiz, Markus Reshford shu yozda ijara asosida "Manchester Yunayted"dan Kataloniya klubiga o'tgandi. Forvard La Liganing 1-turida "Malorka"ga qarshi bahsda debyut qildi. Reshford ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario Sport