"Roma" "Lans" futbolchisini sotib oldi

Sherzod Nurmatov
21 iyul 2025
Italiyaning "Roma" klubi Fransiyaning "Lans" jamoasi yarim himoyachisi Nel El-Aynauini xarid qildi.

Bu haqda Rim klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Fransiya va Marokash fuqaroligiga ega bo'lgan 24 yoshli markaziy yarim himoyachi El-Aynaui 2030 yilgacha shartnoma imzoladi va 8-raqamni oldi.

Transfer narxi aytilmayapti. Avvalroq "Foot Mercato" nashri fransiyalik uchun 25 million evro to'lashi haqida xabar bergandi.

El-Aynaui o'tgan mavsum "Lans" safida 26 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: asroma.com