Salixamijich tasdiqladi: Upamekano "Bavariya"ga o'tadi

Alisher
13 fev 2021
"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamijich "RB Leyptsig" himoyachisi Dayo Upamekanoning klubga o'tishini tasdiqladi.

"Men Upamekanoning "Bavariya"ga o'tishini tasdiqlashim mumkin. Bizda futbolchi va uning agenti bilan bir necha oy davomida qizg'in va professional muzokaralar bo'ldi", - deydi Salixamijich.

Manbaning xabariga ko'ra, "Bavariya" fransiyalik himoyachi uchun 40 million evro miqdorida mablag' to'laydi.

22 yoshli Upamekano joriy mavsum "RB Leyptsig" libosida Bundesligada 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Bild