“Sanderlend” hujumchisi Fletcher safga qaytdi
“Sanderlend” klubi hujumchisi Stiven Fletcher, belgilangan muddatdan avvalroq jarohatdan tuzalib, jamoa safiga qaytdi va klubning shanba kuni bo'lib o'tadigan o'yinida maydonga tushadi. Klub bosh murabbiyi Gustavo Poyet futbolchining safga qaytganini xursandchilik bilan qarshi oldi.