Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi JCH-2022 g'olibiga ko'z tikdi

Omonjon To`xtamirzayev
21 avg 2023
Saudiya Arabistonining "Al Ahli" klubi "Atletiko"ning argentinalik xavbeki Rodrigo De Paul transferiga kirishgan.

Klub "Napoli" yarim himoyachisi Petr Zelinskiy bo'yicha muzokaralardagi omadsizlikdan keyin, JCH-2022 g'olibiga e'tiborini qaratdi.

"Al Ahli" va "Atletiko" klublari o'rtasidagi muzokaralar og'ir o'tmoqda, lekin saudiyaliklar yakunda futbolchini o'z safiga qo'shib olishiga ishonmoqda. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо