

Uchrashuvning dastlabki qismi bir oz asabiy tarzda kechdi. Birinchi golni urib olganimizdan so'ng jamoamiz futbolchilarida ishtiyoq uyg'ondi, ikkinchi goldan so'ng barchasi o'z o'rniga tushdi. Bugun biz “Xorazm” jamoasini hurmat qilgan xolda maydonga tushdik, tacyyorgarligimiz ham shunga yarasha bo'lgan edi. Keyingi uchrashuvlarda “Xorazm” jamoasiga omad tilaymiz, bu jamoa tarkibida etarlicha iqtidorli futbolchilar jam bo'lgan.
Jamaomiz futbolchilarida kayfiyat a'lo darajada, klubimiz xomiylari tomonidan sharoitlar har tomonlama qulay darajada yaratib berilmoqda. Klubimiz xomiysi “Quvaysoy ta'mir qurilish” korxonasi hisoblanadi, ularga yaratib berilayotgan sharoit uchun alohida minnatdorchilik bildiramiz.
“Istiqlol” FK matbuot xizmati.



