

Pro liganing 7-turida “Andijon-SGS” qarshi uchrashuvdan keyingi mag'lubiyatdan so'ng “Sho'rtan” rahbariyati Aleksey Evstafeev bilan uchrashib, jamoa ishtirokidagi so'nggi bellashuvlar natijalarini tahlil qildi.
Yig'ilishdan so'ng jamoaning murabbiylar shtabida o'zgarish yuz berdi. Shu kunga qadar bosh murabbiy sifatida ishlab kelgan Aleksey Evstafeev ikki tomonlama kelishuvga asosan iste'foga chiqarildi.
Bosh murabbiy vazifasi shu kungacha Aleksey Evstafeevga ko'maklashib kelgan murabbiy Anvar Berdievga ishonib topshirildi.



