"Sho'rtan" tarbiyalanuvchilari navbatdagi sinovdan o'tishdi

Sherzod Nurmatov
12 avg 2023
"Sho'rtan" futbol akademiyasi yurtimizdagi futbol maktablari ichida o'z o'rniga ega charm to'p dargohiga aylanib bormoqda.

Misol tariqasida "Sho'rtan" U-19 jamoasini misol qilish mumkin. Jamoa U-19 birinchiligida 25 jamoa orasida yetakchilar qatorida bormoqda. 

Bugun "Sho'rtan" futbol akademiyasining 2007, 2008, 2009 hamda 2010 yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari o'rtasida imtihon bo'lib o'tdi. 

Shaffoflikni taminlash maqsadida sinov nazoratini "Sho'rtan" futbol akademiyasi murabbiylari hamda Qashqadaryo viloyati futbol mahorati maktabi murabbiylari o'tkazishdi.

Bo'lajak charm to'p ustalari futbol, to'pni nazorat qilish, to'p bilan darvozaga aniq zarba berish, to'pni nazorat qilib harakat qilish va tezlikda 10 metrga yugurish kabi normativlarni topshirishdi. Imtihonda umumiy saksonga yaqin tarbiyalanuvchilar ishtirok etishdi. 

Imtihon natijalariga ko'ra, yuqori ko'rsatkichlarni qayt etgan tarbiyalanuvchilar "Sho'rtan" futbol akademiyasida doimiy yotoqxona, uch mahal issiq ovqat va sportchilar uchun zarur bo'lgan vitaminlar bilan klub tomonidan bepul taminlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Шўртан" матбуот хизмати