Sirojiddin Qo'ziev "Metallurg" bilan shartnoma imzoladi!

Nozimov Nig'monxo'ja
24 dek 2023
tgan yilgi mavsumni legioner sifatida Malayziyada o'tkazgan Sirojiddin Qo'ziev yana Superligaga qaytdi

Bu safar u Toshkent viloyatining "Metallurg" jamoasida o'ynashni ixtiyor etdi. 

Qashqadaryo futboli tarbiyalanuvchisi 19 yoshidayoq viloyat bosh jamoasi "Nasaf"ga jalb etildi. Debyutini 2016 yili amalga oshirdi. Qarshi jamoasi sharafini uch yil himoya etgach, "Mashal"ga o'tdi. 2022 yili esa "Neftchi" safida to'p surdi. O'tgan mavsumda Farg'onadan Malayziyaga - "Kuching" jamoasiga legioner sifatida yo'l oldi.

Bugungacha 80 ta o'yinda maydonga tushgan Sirojiddin raqiblar darvozasiga 11 ta gol kiritgan, 8 marta ogohlantirilgan. O'zbekiston hamda Malayziya vice chempioni, O'zbekiston kubogi va Superkubogi sohibi. 

Sirojiddin Qo'ziev – 27 yoshda, 1996 yilning 1 sentyabr sanasida tug'ilgan.

Tug'ilgan joyi – Qashqadaryo viloyati

Bo'yi – 180 sm

Vazni – 73 kg

Ampluasi -  yarim himoyachi


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: