Eldor Moyliev: "Sirojiddin Qo'ziev legionerga aylandi"

Mirjalol Normatov
3 iyul 2025
Superliganing 15-turi doirasida "Sho'rtan" - "Qizilqum" bahsidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Eldor Moyliev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Teng jamoalar o'rtasida kurash bo'ldi. O'z xatolarimiz evaziga gollar qo'yib yubordik. Afsuski futbolchilarimiz to'p yo'qotilishiga tayyor emasdi. Shu ikkita gol o'yin taqdirini hal qildi. 

- O'zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Sherzod A'zamov "Sho'rtan" murabbiylar shtabiga qo'shilishi haqida xabarlar chiqdi. Bu ma'lumot rostmi?

- Murabbiylar shtabini rahbariyat hal qiladi. Sherzod A'zamovni murabbiylik licenziyasi mavjud emas. Bilmadim. Buni rahbariyat qiladi. Murabbiylar shtabida ishlash uchun kamida A licenziya bo'lishi kerak. 

- Sirojiddin Qo'ziev jamoadan ketadimi?

- Bugungi o'yinda Qo'ziev kabi futbolchilarning yo'qligi sezildi. Sirojiddin Qo'ziev Hindiston jamoasiga o'tdi. U legionerga aylandi. Shartnomasida xorijdan yaxshiroq taklif bo'lsa, qo'yib yuborishimiz kerakligi borasida band bor edi. 

- Birinchi davra yakunlandi. Rejalar qanday?

- Futbolchilar olamiz, jamoani kuchaytiramiz. Har bir chiziqda raqobat yuzaga keltiramiz. Tajribali futbolchilarni ham ko'z ostimizga olib qo'yganmiz va ularni ham jamoaga taklif qilamiz. Shuningdek, fikrlari yaxshi bo'lgan yosh futbolchilarni ham jamoaga olib kelamiz.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia