Superliga. Dragan Cheran ketma-ket 6-mavsum to'purarga aylandi

Оқил Абдубарноев
30 noya 2024
"Paxtakor" hujumchisi o'tgan mavsumdagi natijasini takrorladi.

"Paxtakor"ning serbiyalik hujumchisi Dragan Cheran ketma-ket oltinchi marotaba chempionat to'purariga aylandi. 37 yoshli futbolchi raqib darvozalariga 13 ta to'p kiritib, undan bitta kam gol urgan "So'g'diyona" hujumchisi Lyupcho Dorievni ortda qoldirdi.

Cheran 2019 yildan beri O'zbekiston chempionati to'purari bo'lib kelmoqda. "Sherlar" tarkibida forvard Superliga doirasida avvalgi besh mavsumda 23, 21, 16, 20 va 13 tadan gol urgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq serbiyalik legionerning "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shackix bilan kelishmovchilikka borib, asosiy tarkibdan chetlatilgani haqida xabar berilgandi.

Shuningdek, hujumchining "Bunyodkor"ga o'tishi mumkinligi haqida aytib o'tilgandi.



Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia