Trent "Real"dan kyetishni istamoqda

Sherzod Nurmatov
23 yanv 2026
Himoyachi Trent Aleksander-Arnold o'tgan yozda "Liverpul"ni tark etib, "Real"ga yo'l olgandi.

Trentning Ispaniyadagi faoliyati yaxshi rivojlanmayapti – angliyalik futbolchini jarohatlar taqib qilmoqda.

"Defensa Central" nashrining xabar berishicha, Trent "Real"dagi vaziyatidan norozi va yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirish bo'yicha harakatlarni boshlab yuborgan. Qolaversa, Aleksander-Arnold "Bavariya"ga o'tishni istamoqda.

Takidlanishicha, Trentning transferi uchun "Real"ning roziligi kerak, chunki futbolchining shartnomasida 2031 yilning yarmigacha 1 mlrd evroga sotib olish huquqi bor. Madrid klubidagilar esa Aleksander-Arnold yuqori darajaga qaytishiga va muhim futbolchiga aylanishiga ishonishmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Defensa Central