Viloyat hokimi Nasaf jamoasi a'zolari bilan uchrashdi

Khoja
24 avg 2024
Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Murotjon Azimov va Sho'rtan gaz-kimyo majmuasi bosh direktori Shuhrat Aslanov Nasaf futbol klubi qarorgohiga kelib futbolchi va murabbiylar bilan uchrashdi.

Murotjon Berdialievich sevimli jamoamiz Superligada karvonboshilik qilayotganini va bu shijoatni mavsum oxirigacha ushlab qolish kerakligini, Qashqadaryo xalqi Superliga chempionligini kutayotganini alohida ta'kidlab o'tdi. Jamoaga tashkiliy masalar bo'yicha hech qanday muammo bo'lmasligi aytib o'tildi.

Jamoamiz prezidenti Shuhrat Chorievich ham jamoaga bo'shashmaslikni, jamoa bu vazifani uddalay olishini va yangi tarix yozish arafasida turganini etirof etdi, - deyilgan "Nasaf matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarda.

Eslatib o'tamiz, Nasaf ortda qolgan 16 tur natijasiga ko'ra 35 ochko jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ajdarlar 25 avgust kuni Qarshida Andijonning Andijon jamoasini qabul qiladi.


KhojaMuallif
Manba: