Yana boshlandi... "Chelsi" yozgi transferlar uchun katta pul sarflamoqchi

Sherzod Nurmatov
13 feb 2024
"Ko'klar" tarkibni kuchaytirish ustida ishlashda davom etadi.

"Chelsi" yozgi transferlar uchun 200 mln funt sarflash ehtimoli bor, deya xabar berdi jurnalist Ben Jeykobs. 

O'yinchilarni sotishda "ko'klar" byudjeti 300-350 milliongacha oshadi.

London klubining yozdagi asosiy maqsadi hujumchi bilan shartnoma imzolash. Ustuvor nomzodlar orasida Viktor Osimxen ("Napoli") va Ayven Touni ("Brentford") bor. Har ikki futbolchiga "Arsenal" ham qiziqmoqda.

"Chelsi"ning yana bir transfer maqsadi – "Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis. "Aristokratlar" u uchun "Real" bilan kurash olib borishlari kerak. Hozircha futbolchini qo'lga kiritish uchun "qaymoqranglilar" ko'proq imkoniyatga ega.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: twitter.com/JacobsBen

Izohlar

henrih941
13 feb 2024
Босаверсин Бир 50-60 та футболчи йигса нормальный уйнаб кетади хали Челси
henrih941
13 feb 2024
Босаверсин Бир 50-60 та футболчи йигса нормальный уйнаб кетади хали Челси
henrih941
13 feb 2024
Босаверсин Бир 50-60 та футболчи йигса нормальный уйнаб кетади хали Челси
HALIM ARISTOCRAT
13 feb 2024
Liverpulni finalda yutsa yevrokuboklarga qaytadi yana togri LCHga emas albatta. No yevrokubokka chiqsa yana transfer qila oladi bemalol feyr pleydan qorqmasa ham bo'ladi.
HALIM ARISTOCRAT
13 feb 2024
Mudrikni qo'ymayapti komanda zo'r o'ynayapti sezilyapti. Oxirgi o'yinlarda umuman ko'rinmadi