Yumtitiga ikki xaridor bor

Mirjalol Normatov
10 may 2019
"Barselona" himoyachisi Samyuel Yumtiti faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishi mumkin.

"Sport" xabariga ko'ra, Yumtitining xizmatlariga "Arsenal" va "Yuventus" kabi jamoalardan qiziqishlar bo'lmoqda.

Yaqin vaqtlarda klublar futbolchi borasida taklif jo'natishlari kutilmoqda. Agarda "Barselona" Matteys De Ligt bilan shartnoma imzolaydigan bo'lsa, Yumtitini sotishi borasida ma'lumotlar berilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport.es