"Yuventus"ga "Chelsi" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
21 nov 2024
Ben Chiluell faoliyatini A Seriyada davom ettirishi mumkin.

"Tuttosport" malumotiga ko'ra, ayni damda "Yuventus" ushbu futbolchi bilan shartnoma imzolash variantlarini ko'rib chiqmoqda.

"Ko'klar" himoyachini ijaraga berib, maoshining bir qismini Turin klubi to'lashi orqali transferga tayyorligini aytishgan. Futbolchining o'zi ham moliyaviy tomondan noqulaylik qilsa-da, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun jamoasini o'zgartirishga qarshi emas.

Ushbu mavsumda 27 yoshli Chiluell faqatgina bir o'yinda - Liga Kubogida "Barrou"ga (5:0) qarshi bahsda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMaqola muallifi
Qopqoq: Tuttosport

Izohlar