Javohir Sohibov: "Biz hali o'zimizning optimal o'yinimizni ko'rsata olmadik"
Yangi Zelandiyada davmom etayotgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslarining 3-turiga ham start berildi. O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 3-turda Fidji yoshlariga qarshi maydonga tushadi va bu uchrashuvdagi g'alaba Ravshan Haydarov shogirdlariga guruhdan chiqish imkonini yaratishi mumkin. Albatta, parallel ravishda kechadigan Germaniya – Gonduras uchrashuvi natijasi ham ushbu vaziyatga tasir qilishini unutmaslik lozim.