Alfonso Devis KONKAKAFda yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

Alisher
7 may 2023
"Bavariya" va Kanada terma jamoasi himoyachisi Alfonso Devis KONKAKAF talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Bu 22 yoshli kanadalik uchun ketma-ket ikkinchi sovrindir. Buni oldinroq faqatgina kosta-rikalik Keylor Navas uddalagan. Devis Kanada terma jamoasi bilan birga Qatardagi JCH-2022 saralashidan o'tdi.

Devis joriy mavsum "Bavariya" safida 38ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: bundesliga.com