Almoez Ali - Osiyo Kuboklarining mutlaq rekordchisi!

Narzulla Saydullayev
1 fev 2019
BAAda bo'lib o'tayotgan Osiyo Kubogi musobaqasida final uchrashuvi bo'lib o'tmoqda.

Qatar termasi safida Almoez Ali guruh bosqichining o'zidayoq 7ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi. "Al Duhayl" klubining 22 yoshli hujumchisi yarim finalda BAA darvozasiga bitta gol urdi va Osiyo Kuboklari tarixidagi eng yaxshi to'purar Ali Dayiga yetib olgandi. Eronlik sobiq to'purar 1996 yilgi Osiyo Kubogida 8 bor raqiblar darvozasini ishg'ol qilgandi.

Finalda Yaponiyaga qarshi uchrashuvda hisobni ochgan Almoez Osiyo Kuboklari mutlaq rekordchisiga aylandi. Yani u bitta Osiyo Kubogida eng ko'p gol urgan futbolchiga aylanib oldi.

Ma'lumot uchun, Almoezz Ali 1996 yilning 19 avgustida tug'ilgan. U Qatar terma jamoasida ilk uchrashuvini 2016 yilning 8 avgust kuni Iroqqa qarshi o'tkazgan.

Bitta Osiyo Kubogida eng ko'p gol urgan futbolchilar
Almoez Ali (Qatar) - 9ta gol, 2019 yil
Ali Dayi (Eron) - 8ta gol, 1996 yil
Behtash Fariba (Eron) - 7ta gol, 1980 yil
Choy Sun Xo (J.Koreya) - 7ta gol, 1980 yil



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia