Angliya terma jamoasining sobiq ustozi Sautgeyt kitob chiqaradi

Sherzod Nurmatov
13 fev 2025
Angliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Garet Sautgeyt kitob nashr etmoqchi.

Unda u ketma-ket ikki marta Yevropa chempionati finaliga olib chiqqan milliy terma jamoani boshqargan vaqtida olgan saboqlari haqida gapirib beradi. U "Qadrli Angliya: Liderlik darslari" deb nomlanadi va oktyabr oyida sotuvga chiqariladi.

Eslatib o'tamiz, 54 yoshli Sautgeyt Evro-2024 finalidagi mag'lubiyatdan keyin o'z o'rnini bo'shatib qo'ygan edi. Shunga qaramasdan, u milliy terma jamoa atrofidagi madaniyatni o'zgartirgani uchun maqtovlarga sazovor bo'lgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail