"Atletiko" Chempionlar ligasi finalini yana o'z stadionida o'tkazmoqchi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2019
"Atletiko" UEFA bilan bog'lanib, Chempionlar ligasi finalini yana o'z arenasida o'tkazmoqchi ekanligini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, 1 iyun kuni Chempionlar ligasi 2018/19 mavsumi finali "Vanda Metropolitano"da bo'lib o'tdi. Unda "Liverpul" "Tottenxem"ni mag'lubiyatga uchratdi.

So'nggi yillarda "Atletiko" stadionida 9ta final o'tkazildi. Ularning ikkitasi yangi "Vanda Metropolitano"da, qolgani jamoaning sobiq arenasi "Visente Kalderon"da bo'lgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS