Chalxanoglu: "Pioli murabbiyimiz ekanligi haqiqiy omad"

Mirjalol Normatov
19 iyul 2020
"Milan" yarim himoyachisi Xoqon Chalxanoglu A Seriya doirasida "Bolonya" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin jamoa bosh murabbiyi Stefano Pioli haqida gapirdi.

"Xursandman. Biz bugun 4-2-3-1 taktik sxemada o'ynadik, o'yindan oldin men ham shuni istayotgandim. Bugun qattiq charchadik, chunki so'nggi paytlarda "Bolon" juda yaxshi o'yin namoyish qilayotgandi. Oson bo'lmadi. Asosiysi, yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalandik.

Pioli menga erkinlik yaratib berdi. U bilan doimiy suhbatdamiz. U menga ko'p yordam beradi. Aynan bosh murabbiyimiz uchun harakat qilyapmiz, chunki u eng yaxshi inson. Pioli murabbiyimiz ekanligi biz uchun haqiqiy omad", - dedi futbolchi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com