"Everton" ivuarlik futbolchiga davogarlik qilmoqda

"Galatasaroy"da ijara asosida o'ynayotgan "Fulxem" futbolchisi Jan-Mishel Seri APLga qaytishi kutilmoqda.

"Footmercato" nashri xabariga ko'ra, yarim himoyachi "Everton" klubi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Agar Karlo Anchelotti xohlasa, 28 yoshli futbolchi mersisaydliklar tarkibiga qo'shib olinishi mumkin. 

Ma'lumotlarga qaraganda, "Monako" ham Serini Fransiya chempionatiga qaytarish masalasini muhokama qilmoqda. U 2015-2018 yillarda Fransiyaning "Nicca" klubi sharafini himoya qilgan.


Manba: Footmercato