

- Avval aytgandim, Portugaliyaning Yevropa chempionatidagi maqsadi - finalga chiqish va bosh sovrinni qo'lga kiritish. Biz o'z kuchimizga ishonamiz. Jamoa Portugaliya xalqini baxtli qilishni istamoqda. Ularga bayram tuhfa etmoqchimiz.
Fransiya terma jamoasini ortiqcha muhokama qilish shart emas. Ularni qanday kuchga ega ekanliklarini barcha yaxshi biladi. Turnir avvalida aytgandim, g'oliblikka uchta eng asosiy favoritlar bular - Ispaniya, Germaniya va Fransiya edi. Fransiya taxminlarni oqladi va mana finalda o'ynamoqda. Musobaqa davomida esa boshqa davogarlar ham paydo bo'lishdi. Portugaliya, yani biz shular jumlasidan.
Fransiya terma jamoasidagi alohida ijrochilar? To'g'risi, hech kimni ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Sababi, ular safida o'ynaydigan barcha futbolchilar yuqori malakali ijrochilar sanalishadi. Ularning barchasi bizni birdek tashvishlantiradi. Fransiya tarkibidagi istalgan futbolchi final taqdirini hal etishga qodir. Chunki ularning barchasi jahon darajasidagi futbolchilar.
Portugaliyada ham ajoyib jamoa va kuchli ijrochilar mavjud. Bizning futbolchilar ham final masalasini hal etishga qodir. Bizni butun turnir davomida tinimsiz qo'llab-quvvatlab kelgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Ular nafaqat stadionda, balki har kuni bizni qo'llab kelishdi. Ularning ishonchi bizni yanada ilhomlantirdi.
Finalda esa Portugaliya o'z muxlislariga keragidan ham ko'proq muhtojroq bo'ladi. Bu bahsda ishqibozlarimizning o'rni ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ularning qo'llab-quvvatlashi nihoyatda kerak.



