Ispaniya terma jamoasi sobiq murabbiyi Qatarni boshqarishi mumkin

Khoja
1 may 2025
Qatar terma jamoasiga Ispaniya terma jamoasi va Real Madrid sobiq ustozi Xulen Lopetegi kelishi mumkin.

Bu haqida insayder Fabricio Romano ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, Lopotegi yanvar oyida Vest Xemdan iste'foga chiqarilgandi.

Ayni vaqtda Qatar terma jamoasi JCH saralash bosqichining guruhida 8-turdan so'ng 10 ta ochko to'plagan. Qatarliklar 10 iyun kuni Toshkentda O'zbekiston MTJga qarshi bahs olib boradi.


KhojaMuallif
Manba: soccer.ru