

Madrid jamoasi 22 yoshli xavbekning agenti bilan dastlabki muzokarani o'tkazdi. Ushbu muzokarada fransiyaliklar Ndombeleni 100 million evroga baholashdi. "Lion" allaqachon 50 million evrolik taklifni rad etgan.
"Manchester Siti" va "Tottenxem" klublarni qiziqishiga qaramay, Zinedin Zidan fransiyalik futbolchini "Real"ning asosiy o'yinchisi sifatida ko'rishni istamoqda. Tangi Ndombele joriy mavsum Liga 1da 30 o'yinda qatnashdi va 6 marta golli uzatma muallifiga aylandi.




