"Manchester Siti" "Sporting" futbolchisiga qiziqmoqda

Alisher
15 mar 2021
Lissabonning "Sporting" klubi himoyachisi Nunu Mendesh faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

18 yoshli futbolchi bilan "Manchester Siti" shartnoma imzolamoqchi. "Shaharliklar" ustozi Xosep Gvardiolaning shaxsan o'zi portugaliyalik futbolchining transferiga qiziqmoqda.

Oldinroq xabar berilganidek, Mendeshga shuningdek "Lester" va "Nyukasl" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Himoyachi joriy mavsum Portugaliya chempionati doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: AS