

"Manchester Yunayted"ga o'tganim haqidagi hislarimni etkazib berishim juda qiyin. Bolaligimda Braziliyada Premer-liga o'yinlarini tomosha qilganimda "Yunayted" mening sevimli jamoam bo'lgan va ushbu jamoa libosida o'ynashni juda istaganman. Bu orzularim ushalgani uchun oilam a'zolarini tabriklayman.
Mavsumoldi tayyorgarlik tezroq boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman. Yangi jamoadoshlarim bilan tanishish, ular bilan birgalikda mavsumga tayyorgarlik olib borishni istayman. Hozirgi paytda maqsadim - faqatgina chin yurakdan mehnat qilish va jamoaning yuqori darajaga chiqishiga yordam berish", - dedi Kunya.



