

"Qachonki ikki mashhur futbolchi bir jamoada o'ynasa, bu gazetalarning sotuvi tezlashishiga yordam berishi mumkin. Vinisius bilan munosabatlarim juda yaxshi. Ushbu mavsumda undan ham yaxshiroq bo'ldi, chunki biz bir-birimizni yaxshiroq bilib oldik. U yaxshi futbolchi va zo'r inson.
Odamlar istaganini gapirishi mumkin. Lekin bizning maqsadimiz bitta - "Real"ga yordam berish. Buning uchun biz yaxshi holatda bo'lishimiz va jamoaga yordam berishimiz kerak", - dedi Mbappe.



